logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Amaldagi Olimpiada chempionlari mag'lub bo'lgan 4-turda asosiy raqiblarimiz qanday natija qayd etishdi?

 15 SENTYABR, 2024, 13:48

Xabaringiz bor, shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahri Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ketma-ket uchta g'alabadan keyin 4-turda Vetnamga imkoniyatni boy berdi. Yosh grossmeysterlarimiz 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-turida Trinidad va Tobago, 2-turda Misr, 3-turda esa Xorvatiyani bir xil 3,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi. 

Beshinchi tur oldidan 100 foizlik natija qayd etgan davlatlar soni 8 taga tushdi. Hindiston, Ispaniya, Xitoy, Vetnam, Ozarbayjon, Polsha, Vengriya va Ukraina terma jamoalari 4 ta partiyaning barchasida zafar quchgan. O'zbekiston qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi. 

Terma jamoamizning asosiy raqiblari o'tgan turda muhim g'alabalarga erishishdi. Ukraina AQSHga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi - 2,5:1,5. Hindiston terma jamoasi Serbiyani 3,5:0,5, Vengriya Italiyani 2,5:1,5, Xitoy Armanistonni 2,5:1,5, Ozarbayjon CHernogoriyani 3:1, Polsha Litvani 2,5:1,5, Ispaniya SHveciyani 3,5:1,5 hisobida taslim etdi. 

Bugun o'tkaziladigan 5-turning 4 ta juftligida 100 foizlik natija qayd etgan terma jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi va tabiiyki faqat g'alaba qozongan davlatlar soni teng yarmiga kamayadi. 


5-turning markaziy uchrashuvlari:

Hindiston - Ozarbayjon

Ukraina - Vengriya

Ispaniya - Xitoy

Vetnam - Polsha



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ