Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Qizlarimiz 100 foiz g'alaba qayd etgan 7 davlat qatorida + FOTO
15 SENTYABR, 2024, 12:48
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.O'zbekiston ayollar terma jamoasi ketma-ket to'rtta turda g'alabaga erishdi. Qizlarimiz 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-turida Gaitini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda Vengriyani 2,5:1,5, kecha o'tkazilgan 4-turda esa Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 100 foizlik natija qayd etgan 7 davlat qatorida bo'lib turishibdi. To'rtinchi tur oldidan bunday jamoalar soni 16 ta edi.
Terma jamoamizning asosiy raqibalari 4-turda oson g'alabalarga erishishdi. Xitoy terma jamoasi barcha uchrashuvlarida raqibalarini bir xil 4:0 hisobida engib, chempionlik uchun asosiy davogar ekanliklarini isbotlab kelishyapti. Kecha Angliya terma jamoasi xuddi shu hisobda taslim etildi.
Hindiston terma jamoasi 4-turda Franciyani 3,5:0,5, tarkibida Gulruhbegim Tohirjonova o'ynayotgan AQSH termasi Niderlandiyani 3,5:0,5, Armaniston Vetnamni 3:1, Qozog'iston Serbiyani 2,5:1,5, Mo'g'uliston Ispaniyani 2,5:1,5 hisobida taslim etdi.
Bugun o'tkaziladigan 5-turda 3 ta juftlikda 100 foizlik natija qayd etgan terma jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi va tabiiyki faqat g'alaba qozongan davlatlar soni teng yarmiga kamayadi.
5-turning markaziy uchrashuvlari:
Qozog'iston - Hindiston
Xitoy - Armaniston
Mo'g'uliston - AQSH
O'zbekiston - Gruziya
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com