SHaxmat Olimpiadasi. Amaldagi vice-chempion Gruziya hamda Moldovaga qarshi uchrashuvlar uchun juftliklar malum
15 SENTYABR, 2024, 10:00
Vengriya poytaxti Budapesht shahri 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.Dunyoning ikki yuzga yaqin davlati terma jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada bugun 5-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun Moldovaga qarshi bahs olib boradi.
Bugungi raqiblarimiz ham biz singari 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Moldova 1-turda Gaiti terma jamoasini 3,5:0,5, 2-turda Uelsni 3,5:0,5 hisobida taslim etdi. Uchinchi turda Ozarbayjonga 1:3 hisobi bilan yutqazdi, kecha 4-turda esa BAAdan 3,5:0,5 hisobida ustun keldi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Jami 184 ta terma jamoa qatnashayotgan ayollar o'rtasidagi musobaqada Aleksey Dreev murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Qizlarimiz ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilarini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda esa ancha kuchli hisoblangan mezbon Vengriya terma jamoasini 2,5:1,5, kecha 4-turda esa tarkibida jahon chempioni bo'lgan Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida engishdi.
Bugun 5-turdagi raqib - Gruziya! Tarkibida uch nafar grossmeyster bo'lgan gruzinlar Butunjahon shaxmat Olimpiadasining amaldagi vice-chempionlari hisoblanadi. Gruziyaliklar 1-turda BAAni 4:0, 2-turda CHernogoriyani 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Uchinchi turda biroz kutilmaganda Ruminiya bilan murosaga kelishdi - 2:2. Kecha o'tkazilgan 4-turda esa Greciya terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Malumot uchun, bugungi har ikki uchrashuv bizning vaqt bilan soat 18:15da boshlanadi.
Manba: olamsport.com