logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:26
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Muzaffar Abdurahmonov: «Davlat mukofoti sportchi va murabbiylarni yanada ruhlantiradi»

 22 AVGUST, 09:45

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchi, murabbiy, shifokor va mutasaddi rahbarlarni yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

Mukofot olganlar orasida erkin kurash bo'yicha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonovning ham murabbiyi, ham akasi Muzaffar Abdurahmonov ham bor. U Prezident Farmoniga ko'ra «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» faxriy unvoniga loyiq ko'rildi.

 «Avvalo, Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga biz sportchi va murabbiylarga ko'rsatayotgan e'tiborlari uchun barcha sport kurashchilari oilasi nomidan rahmat aytmoqchiman. Biz uchun kutilganidan ham a'lo darajada g'amxo'rlik ko'rsatildi. Bu sportchi va murabbiylarni yanada ruhlantiradi, yangi g'alabalar sari undaydi.

Ochig'i, Bekzod bilan Tokio gilamlarida oltin medalni qo'lga kiritishni niyat qilgandik. Endi bu sport, unda shunday kutilmagan natijalar bo'lib turadi. Ayniqsa, Olimpiya o'yinlari boshqa musobaqalardan shunisi bilan ham farqlanadi. Nasib qilsa, Parij-2024 Olimpiadasida oliy orzumizni ro'yobga chiqaramiz.

Buning uchun astoydil harakat qilamiz. Mashg'ulotlarni allaqachon boshlab yuborganmiz. Oldinda ikki oydan so'ng o'tkaziladigan jahon chempionati, kelasi yili Xitoyda o'tajak Osiyo o'yinlari bor. Bu musobaqalarda ham faqat chempionlik uchun kurashamiz», – deydi Muzaffar Abdurahmonov.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR