Iraola: "Chelsi"dan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik"
15 SENTYABR, 2024, 09:36
Andoni Iraola "Bornmut"ning "Chelsi"ga qarshi o'yinidan (0:1) mamnun.
"Men natijadan juda xafaman. Biroq o'z o'yinimizdan juda faxrlanaman, biz ulardan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik.
Ular to'pga ko'proq egalik qilishdi, ammo bu xavfli emas edi. Ularning darvozaboni juda yaxshi o'ynadi.
Imkoniyatlaringizni golga aylantirmasangiz va bunday raqibga penalti imkoniyatini berib qo'ysangiz, u sizni jazolashini his qilasiz.
Oxir-oqibat shunday bo'ldi. Biz futbolchilarimizdan ko'proq narsani talab qila olmadik. Biz xuddi shunday ruhda davom etishimiz va imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanishga harakat qilishimiz kerak.
Bu futbol. Biz o'z uyimizda “Nyukasl” va “Chelsi”ga qarshi o'ynadik, ikkita juda yaxshi o'yin ko'rsatdik, biroq bor yo'g'i bir ochko oldik.
Biz juda yaxshi o'ynadik, ko'proq vaziyatlar yaratdik, ularga bosim o'tkazdik, ammo ularni jazolashimiz kerak edi, biz buni qilmadik", - dedi “Bornmut” bosh murabbiyi.