logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«Real» futbolchisiga asosiy tarkibda joy yo'qligi aytilgan

 22 AVGUST, 08:15 250

.

Martin Edegor «Real Madrid»da qolishni istagan. «Marca» nashri xabar berishicha, norvegiyalik futbolchi ijaradan qaytgach, Madridda o'ynashni xohlashini aytgan, biroq Anchelotti unga asosiy tarkibdan doimiy joy bera olmasligini bildirgan.

22 yoshli futbolchiga tarkibda u bilan yana 7 ta o'rindosh raqobatlashishi, shu sabab o'zini boshqa jamoada sinab ko'rishi maslahat berilgan. Shundan so'ng, pleymeyker juma kuni «Arsenal» bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Edegor 2015 yilda «Real» safiga kelib qo'shilgan bo'lib, u shu paytgacha 11 marta asosiy tarkibda maydonga tushirilgan, xolos. U «Arsenal» safida 20 marta maydonga tushib, 2 marta gol va 2 marta assist ijro etgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR