logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
La liga. Depayning goli «Barselona»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi (videosharh)

 22 AVGUST, 03:15 159

.

«Barselona» Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida Bilbaoda «Atletik» klubi mehmoni bo'lib, durangga imzo chekdi.

Basklar birinchi bo'limda ustunlikka ega bo'lib, bir nechta vaziyatlar yaratishdi. Jumladan, to'p bir marta Neto qo'riqlayotgan darvoza to'siniga tegib qaytdi. Taym so'ngida esa "Barsa" hisobni ochgandi, ammo hakam Breytueyt o'yin qoidasini buzdi deya hisoblab, golni inobatga olmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida "Atletik" burchak zarbasidan so'ng hisobni ochdi. Himoyachi Inigo Mertines bosh bilan to'pni raqib darvozasiga joyladi.

Shundan so'ng Kuman shogirdlarida uyg'onish kuzatildi va ular tashabbusni o'z tomonlariga og'dirishdi. Bahs tugashiga 15 daqiqa qolganida Depay chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirdi va kuchli zarba bilan yaqin "to'qqizlik"ni nishonga oldi.

Niderlandiyalik forvardi "ko'k-anorranglilar"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylanishi mumkin edi. Ammo uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Memfis darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, aniq zarba bera olmadi.

O'yinga qo'shib berilgan 3-daqiqada esa "Atletik" yarim himoyachisi Niko  Uilyams darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga qochib ketdi. Erik Garsiya jarima maydoni ostonasida unga nisbatan fol ishlatgani uchun maydondan chetlatildi. Mezbonlar ijrosidagi jarima zarbasi jonli devorga tegdi.

Shu tariqa, turning markaziy bahsida durang qayd etildi. "Bilbao"ning ochkolariga 2taga etgan bo'lsa, "Barsa" 4 ochko egasiga aylandi.

Ispaniya La ligasi, 2-tur
Atletik – Barselona 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 50 Martines, 1:1 – 75 Depay.
Atletik – Agirresabala, Lekue, Martines, Vivian, Balensiaga, Dani Garsiya (Sarraga, 82), Vensedor (Vesga, 67), Sanset (Raul Garsiya, 67), Berenger (Morsilo, 82), Uilyams, Muniain (Uilyams, 76).
Barselona – Neto, Dest (Emerson, 82), Pike (Arauxo, 31), Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Pedri (Serji Roberto, 62), Grizmann, Breytueyt (Demir, 62), Depay.
Ogohlantirishlar: Martines (20), Erik Garsiya (28), Alba (76).
Chetlatish: Erik Garsiya (90+3).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR