"Nottingem Forest" murabbiyi "Liverpul" mag'lub etilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
15 SENTYABR, 2024, 08:18
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) fikr bildirdi.
“Futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Biz chegarada harakatlandik, ammo o'yinda qolishga muvaffaq bo'ldik va o'z fursatimizni topdik. Yigitlardan juda xursandman.
"Liverpul" juda yaxshi, ularning sifatini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Himoyada yaxshi o'ynadik. Sifatli o'ynadik, kerakli daqiqalarda o'yinni nazorat qildik va raqibga muammo yaratdik. Bunjan bizning muxlislarimiz bahramand bo'lishi kerak. Ular hayratlanarli, bu esa o'yinchilarga yordam beradi", - deya Santudan iqtibos keltiradi BBC.