logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Alisson: "Bu sharmandalik"

 15 SENTYABR, 2024, 08:18

Shanba kuni “Liverpul” o'z maydonida “Nottingem Forest”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yindan so'ng mersisaydliklar darvozaboni Alisson o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu sharmandalik. O'z uyida ochko yo'qotish umuman yaxshi emas, ammo bugun raqiblar faqat himoyalanishni va uzoq paslar berishni xohlashdi. Biz ularga buni juda oson bajarishga ruxsat berib qo'ydik. O'tkazib yuborilgan gol epizodida juda yomon o'ynadik.

Ko'p vaziyatlar yarata olmadik, sifat etishmadi, bizga ko'proq kuch kerak edi. Bugun biz uch ochko yo'qotdik. Raqib yaxshi himoyalandi", - deya Alissonning so'zlarini keltiradi BBC.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ