Kimmix "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor
15 SENTYABR, 2024, 08:06
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix kelajagi haqida fikr bildirdi.
— Klub bilan yangi shartnomani muhokama qilishga tayyorman. Klubdan qo'llab-quvvatlashni eshitish har doim yoqimli. Hozir men shunchaki lahzadan zavqlanyapman", - deya Kimmix so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Germaniyalik yarim himoyachi 2015 yildan beri "Bavariya"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olgan holda to'rtta o'yinda qatnashdi.