logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bundesligada amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar

 21 AVGUST, 16:20

Bu yilgi yozgi transferlar oynasida top-5 chempionatlarda anchagina katta transferlar guvohi bo'ldik. Bundesligada ham bir qator katta transferlar amalga oshdi. Ayni damda shu transferlar oynasida Germaniya klublari tomonidan amalga oshirilgan eng katta transferlarga to'htalib o'tamiz.

Dayo Upamekano ("Bavariya")


Sobiq "Leyptsig" klubi himoyachisi Dayo Upamekano o'z murabbiyi ortidan "Bavariya" klubiga borib qo'shildi. Myunxen klubi bu yozda Alabani yo'qotdi va unga nazdimda yaxshi o'rinbosar olib kela oldi. Frantsiyalik futbolchi "Bavariya"ga 42.5 million evro evaziga kelib qo'shildi. Uning asl transfer narxi esa 60 million evroni tashkil etadi. U yangi klubi safida 2-raqamda harakat qiladigan bo'ldi.

Andre Silva ("Leyptsig")


O'tgan mavsum "Ayntraxt" safida o'ta sermahsul o'yin o'tkazgan Andre Silva, Bundesligada to'purarlar safida 2-o'rinni egalladi. 25 ta gol urgan Andre Xolanddan ham ko'proq gol urdi va bu mavsum sobiq klubidan biroz kuchliroq klub safiga yo'l oldi. Transfer summasi 45 million evroni tashkil etadigan futbolchi "buqalar" safiga 23 million evro evaziga kelib qo'shildi. Umuman olib qaraganda, bu "Leyptsig" uchun yaxshi transfer bo'ldi. Silva yosh va iqtidorli futbolchi hisoblanadi.

Doniell Malen ("Borussiya Dortmund")

"Borussiya Dortmund" 

"Borussiya Dortmund" klubi Sanchoni yaqinda "Manchester Yunayted"ga qo'yib yubordi. Shuningdek, Xoland ham katta ehtimol keyingi mavsumda klubni tark etadi. Bunday vaziyatda klub ularning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bilan shartnoma imzolashi lozim. Yozgi transferlar oynasida klub"PSV" va Niderlandiya terma jamoasida muvaffaqiyatli o'ynab kelayotgan Malenni o'z safiga qo'shib oldi. Ushbu transfer evaziga dortmundliklar Niderlandiya klubiga 30 million evro to'lab berdi. Nazdimda, bu transfer ham "asalarilar" uchun omadli keladi. Xuddi, avvalgilari kabi.


Gregor Kobel (Borussiya Dortmund)

"Shtutgart" klubida yaxshi ikki mavsum o'tkazgan Kobel, oxir-oqibat shu chempionatning kuchliroq klubi safiga kelib qo'shildi. U yangi jamoasida asosiy darvozabon bo'lmaydi. Sababi, Roman Byurki "asalarilar"ning ancha mavsumlardan buyon asosiy darvozaboni hisoblanadi. Shunday bo'lsada, bu darvozabonning kelajagi porloq. 


Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR