logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:05
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Pyanichga A Seriyadan da'vogar topildi

 21 AVGUST, 16:05 80

.

«Fiorentina» «Barselona» yarimhimoyachisi Miralem Pyanichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya OAV xabar bermoqda.

«Binafshalar» Pyanichni ijaraga olish niyatidalar, lekin ular uning maoshini to'liq to'lashga tayyor emaslar.

Shartnomaga ko'ra, Pyanich bir mavsum uchun 8 million evro oladi. «Fiorentina» «Barselona»ga uning maoshini 50-50 ga bo'lib to'lashni taklif qilgan.

E'tiborlisi, bosniyalik futbolchi «Barselona» murabbiylar shtabining rejalariga kiritilmagan. Klub transfer bozori yopilishidan oldin bosniyalik yarimhimoyachidan qutulmoqchi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR