logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Vadim Abramov: «Shuncha mehnat qilib yutqazib qo'yish alamli, hammasiga o'zimiz aybdormiz»

 15 SENTYABR, 2024, 00:12

«Dinamo» — «Bunyodkor» (2:3) uchrashuvidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov mag'lubiyatli o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

— Nima ham derdim, afsuski uchta standart vaziyatdan shunaqa gollarni o'tkazib yubordik. Bu – futbol. Biz o'zimizning nozik nuqtalarimizni bilardik va xavotirlar ham bor edi. Jamoa yomon o'ynadi, deya olmayman. Afsuski, mag'lub bo'ldik. Superligada ishtirok etayotgan jamoa bunaqa gollarni o'tkazib yubormasligi kerak. Bugun omad raqib jamoa tomonida bo'ldi, ularni tabriklayman.

— Kojo bugun ko'p harakat qildi, ammo o'yini chiqmadi...
— Bu odatiy holat, o'zi futbolchi milliy jamoadan qaytgach shunday holat bo'lib turadi. Chunki o'yinlar, uzoq masofaga uchishlar istalgan o'yinchiga ta'sir qiladi.

— Alamli mag'lubiyatdan keyin kiyinish xonasida futbolchilarga nima dedingiz?
— Avvalo, maydondagi o'z mehnatingizni qadrlang, dedim. Shuncha mehnat qilib, yutqazib qo'yish alamli, hammasiga o'zimiz aybdormiz. Ha, darvozabon xato qilgandir, ammo unga yordam berish mumkin edi, vaziyatdan oldingi xatolarimiz shunday gollarga sabab bo'ldi. Aslini olganda uchinchi gol kiritilishidan oldin jarima zarbasini belgilash uchun menga asos ko'rinmadi. Ungacha ham hakam o'yinni to'xtatishi kerak edi.

— «Dinamo»ning «Paxtakor» va «Navbahor» bilan o'yinlari boshqa sanaga ko'chirilganini qanday izohlaysiz?
— Ushbu ikki jamoa o'yinni boshqa sanaga ko'chirish masalasida bizga murojaat qilishdi, biz ularga yo'q demay, rozi bo'ldik. Endi bor e'tiborimizni keyingi o'yinlarga qaratamiz.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ