Shaxmat, Budapesht-2024. Qizlarimizdan sensatsion davom etadi, yigitlarimiz imkoniyatni boy berishdi
14 SENTYABR, 2024, 23:36
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bugun Butunjahon shaxmat olimpiadasining 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bu turda Vetnamga qarshi dona surgan bo'lsa, qizlarimizga Bolgariya raqiblik qildi.
Vetnamliklarning har biri bahs boshidanoq yigitlarimizga jiddiy qarshilik ko'rsata boshlashdi. Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboev endshpilda qo'pol xato evaziga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Nodirbek Abdusattorov va Jahongir Vohidov g'alaba uchun kurashishdi, ammo ularning o'yini durang bilan yakunlandi. Natijada O'zbekiston erkaklar terma jamoasi turnirda ilk marta mag'lubiyat alamini tortdi — 1:3.
Qizlarimiz esa sensatsiya davom ettirishdi. Bu safar jamoamizga bolgariyalik qizlar dosh bera olishmadi. Umida Omonova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjonova durangga imzo chekishdi. Birinchi raqamli shaxmatchimiz Afruza Hamdamova esa jahon chempionligini qo'lga kiritgan Antoaneta Stefanovani mag'lub etdi. Oqibatda jamoamiz 2,5 - 1:5 hisobida to'qnashuvni o'z foydasiga hal etishdi.
Ushbu g'alaba tufayli O'zbekiston ayollar terma jamoasining ochkolari 8 taga etdi va jamoamiz peshqadamlar safida borishda davom etadigan bo'ldi.
Jamoalarimizning 5-turdagi raqiblari keyinroq aniq bo'ladi.