Musiala Bundesligada «Bavariya»ning 1998 yildan buyon eng tezkor golini urdi
14 SENTYABR, 2024, 23:12
«Bavariya» yarim himoyachisi Jamol Musiala «Xolshtayn»ga qarshi Bundesliga 3-tur uchrashuvining 14-sekundida gol urdi. Shu tariqa Musiala «Bavariya»ning 1998 yilning yanvaridan beri Bundesligadagi eng tezkor golini urdi. Bu haqda "Opta Sports" xabar bermoqda.
1998 yilda «Bavariya» futbolchisi Jovan Elber Bundesliga o'yinida 11 soniyada gol urgandi.