logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Rezina tana mashg'ulot uskunasi! (new)
Новостная лента

Ederson golli uzatma qayd etdi

 14 SENTYABR, 2024, 21:00

Ayni damlarda Angliya premer-ligasining 4-turi doirasida “Manchester Siti” o'z uyida “Brentford”ni qabul qilmoqda.

“Manchester Siti” ayni damda 2:1 hisobida oldinda.

Aytish joizki, “shaharliklar”ning har ikkala goliga norvegiyalik hujumchi Erling Xoland mualliflik qildi.

Qizig'i shundaki, ikkinchi gol urilgan vaqtda golli uzatma muallifi braziliyalik darvozabon Ederson Moraes bo'ldi.

31 yoshli darvozabon uchun bu Premer-ligada faoliyatidagi to'rtinchi golli uzatma bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ