logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Mikael Sekeyra: «Xuddi o'tgan o'yindagi kabi so'nggi daqiqada e'tiborni yo'qotdik»

 20 AVGUST, 22:30 43

.

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra O'zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "So'g'diyona"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda jamoamiz o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsata oldi. Dastlabki 10 daqiqalikda «So'g'diyona» yaxshi harakat qildi. 15-20 daqiqadan keyin o'z o'yinimizni topib oldik va raqibdan ko'ra yaxshiroq harakat qilayotgandik. Hisoblanmagan golimiz bo'lgan vaziyatda ofsayd bo'lmagan edi deb hisoblaymiz. Ikkinchi bo'limning 20 daqiqaligida ham yomon o'yin ko'rsatmadik. Penalti ham tepdik. Bo'lib turadi. Xuddi o'tgan o'yindagi kabi so'nggi daqiqada e'tiborni yo'qotdik.

Futbolchilarimdan xursandman. Ular g'alaba uchun qo'lidan kelganicha harakat qildi. Mehnati uchun futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. «So'g'diyona»ni g'alaba bilan tabriklayman", — dedi Sekeyra.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR