logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Shuhrat Maqsudov: «Bunyodkor»ni hokimlik hisobiga o'tkazmoqchi bo'lishgani uchun jamoa qiyin ahvolga tushib qoldi»

 20 AVGUST, 22:10 52

.

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov qatnashadi.

"Bugun jangovar o'yin ko'rdik. Lekin har doimgi gapimni aytib, futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Barcha xodimlarimizga rahmat. Uch oydan buyon oylik olmayapmiz, klubdagilar ham o'yinni o'ylashyapti, ham boshqa xarajatlarni o'ylashyapti. Homiyimiz avval jamoaga tayanch bo'lib, katta yordam berayotgandi, endi klubni hokimlikka o'tkazmoqchi bo'lishdi, jamoa qiyin ahvolda qoldi. Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat, "Navbahor"ga esa keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Qaysidir jamoa kuchli futbolchilarni olib kelib, ularga suyanadi. Men esa hozir tarkibimizdagi futbolchilarga ishonch bildiraman. Bugun ham ayrim yoshlarga mahorat etishmadi. Lekin hozirgi holatimiz shunday.

Yigitlarga hisobni saqlab qolish uchun ko'rsatma bermagandim, albatta, natijani ham o'ylaymiz. Futbolchilarga tanaffusda aytdik, "Navbahor" yutqazayotgani sabab oldinga o'tishi aniq edi, shunga qaramay, yigitlarga eng yaxshi himoya hujum ekanligini tushundirdik. Atayin himoyaga yotib olganimiz yo'q. Hamma jamoalar qatori biz ham raqibni o'yindan oldin o'rganamiz. Busiz iloji yo'q. Jamoamizning bu yilgi selektsiya juda zo'r bo'lmagan, shu bois, iloji boricha maydonga tushib, muxlislarni xursand qilib, g'alaba qozonishga intilishni xohlaymiz", — dedi Maqsudov.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR