logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Viktor Jalilov: «Tarkibimizga qo'shilganlar ishonchimizni oqlashmadi»

 20 AVGUST, 22:05 64

.

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab "lochinlar" bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashib, o'yin haqidagi fikrlarini bildiradi.

"Hozirda hamma o'yinlar og'ir kechmoqda. Birinchi bo'limda "Bunyodkor" yaxshi o'ynadi, ikkinchi bo'limda esa "Navbahor" yaxshi o'ynadi, menimcha. Ikkinchi bo'limda amalga oshirilgan o'zgarishlar o'yinimizni raqib maydoniga ko'chirdi, natijada bo'lim davomida ustunlikka erishdik. Vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik, birgina gol barchasini hal qildi. "Bunyodkor"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman.

Albatta, tahlil qilamiz, birinchi bo'limni yomon o'tkazganimiz sabablarini o'rganamiz. Ayrim futbolchilarga faollik etishmadi, ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Chuqur tahlil qilishimiz kerak. Futbol shunaqa, birgina gol hammasini hal qiladi.

Avvalgi uchrashuvlarda ham aytgandim, hujumda muammomiz bor edi. Tarkibimizga qo'shilganlarning o'yinni kuchaytirishiga umid qilgandik. Umuman, hujumchilar muammosi ko'pchilikda bor. Kamsonli klublargina hujumdagi faolligi bilan maqtanishi mumkin. Afsuski, tarkibimizga qo'shilganlar ishonchimizni oqlashmadi.

Bizga ham jamoaning bunday holatga tushib qolgani yoqmayapti. Mashg'ulotlarda ayrim futbolchilar o'zlarini yaxshi ko'rsatishadi, o'yinlarda esa aksincha bo'lmoqda. Bugun ham ikkinchi bo'limda bir nechta vaziyatlar yaratdik, lekin qaerdadir mahorat, qaerdadir omad etishmayapti. Futbolchilarimiz qulay vaziyatga chiqib borib ham darvoza tomon zarba berishmayotgani ularga mahorat etishmasligidan darak. Albatta, bu bizning muammomiz. Qolaversa, "Bunyodkor" ham tartibli himoyalandi, aynan shuning evaziga natijani saqlab qolishni uddalashdi", - deya fikrlarini yakunladi Viktor Romanovich.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR