Bahorgacha "Santyago Bernabeu"dagi barcha kontsertlar bekor qilindi
14 SENTYABR, 2024, 16:54
Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu"dagi barcha kontsertlarini bahorgacha bekor qildi.
Madrid klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Janubiy Koreyaning Music Bank guruhining 12 oktyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tishi kerak bo'lgan kontserti bekor qilingan.
Stadionda noyabrdan martgacha o'tkazilishi rejalashtirilgan boshqa kontsertlar boshqa muddatga qoldiriladi. Qaror Madrid ma'muriyatining qabul qilinadigan shovqin darajasi bo'yicha talablari bilan bog'liq.
"Ushbu qaror klubning kontsertlar vaqtida amaldagi munitsipal qoidalarga qat'iy rioya etilishini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning bir qismidir. "Santyago Bernabeu"ning ovoz o'tkazmasligi va ko'rilgan qo'shimcha choralarga qaramay, turli tashkilotchilar va promouterlar tomonidan ushbu standartlarga rioya qilish qiyin edi.
"Real Madrid" stadionimizda kontsertlar o'tkazish imkonini beradigan ovoz ishlab chiqarish va translyatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustida ishlashda davom etadi.
Kontsertlardan tashqari, "Bernabeu" ko'plab tadbirlar va shoularni o'tkazish uchun jihozlangan bo'lib, ular stadionni rivojlantirish loyihasi doirasida davom etadi.
"Real" Madrid shahri bilan barqarorlik va hamkorlik masalalarida ishlashda davom etadi va har doim stadion faoliyati klubning shahar manfaatlariga sodiqligini kafolatlashi va shahar muhitiga foyda keltirishi uchun harakat qiladi", - deyiladi "Real Madrid" bayonotida.