Ten Xag Ugarte qachon debyut qilishi haqidagi savolga javob berdi
14 SENTYABR, 2024, 16:36
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag yarim himoyachi Manuel Ugarte qachon jamoada debyut qilishi mumkinligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, urugvaylik futbolchi «qizil iblislar» safiga yozda «PSJ»dan kelib qo'shilgan edi.
«Ugarte qachon debyut qiladi? Buni aytish qiyin. Hammasi o'yin va uning qanday o'tishiga bog'liq bo'ladi. Manuel atigi ikkita mashg'ulot o'tkazishga muvaffaq bo'ldi, ular hatto tugallanmagan. U haqiqatan ham sheriklari bilan uchrashmagan, unga moslashish uchun vaqt kerak», dedi ten Xag matbuot anjumanida.