logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Vetnam va Bolgariyaga qarshi "jang" uchun juftliklar malum

 14 SENTYABR, 2024, 15:16

Xabaringiz bor, shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahri 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyoning ikki yuzga yaqin davlati terma jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada bugun 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan  O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun ancha jiddiy raqib - vetnamlik shaxmatchilarga qarshi bahs olib boradi. Bugungi raqiblarimiz ham biz singari dastlabki uchta turda g'alaba nashidasini surgan. Vetnam 1-turda Lixtenshteyn terma jamoasini 4:0, 2-turda Bangladeshni 3,5:0,5, 3-turda esa Qozog'istonni 3:1 hisobida mag'lub etgan. 

Jami 184 ta terma jamoa qatnashayotgan ayollar o'rtasidagi musobaqada Aleksey Dreev murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Qizlarimiz ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilarini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda esa ancha kuchli hisoblangan mezbon Vengriya terma jamoasini 2,5:1,5 hisoida engishdi. Bugun 4-turdagi raqib - Bolgariya! Bolgariyaliklar 1-turda Zimbabveni 4:0, 2-turda Misrni 3,5:0,5, 3-turda esa Slovakiya terma jamoasini 3:1 hisobida engishdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ