Ronaldu: "Ikkita kalamush sabab faoliyatimni yakunlamoqchi emasman"
14 SENTYABR, 2024, 15:00
"Al Nassr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu televizion ekspertlar tomonidan bo'layotgan tanqidlarga munosabatini bildirdi."Odamlar doimo yaxshisiga emas, yomonrog'iga etibor qaratishadi. Endi nima qilay? Ikkita kalamush tufayli faoliyatimni yakunlaymi? Dunyo meni yaxshi ko'radi, muxlislar meni sevishadi. Bu mening motivaciyam" - dedi Ronaldu.
Ronaldu besh karra "Oltin to'p" g'olibi va CHempionlar ligasida asosiy sovrinni qo'lga kiritgan futbolchi hisoblanadi. U Portugaliya terma jamoasi bilan Evropa chempioniga ham aylangan.
Manba: olamsport.com