Risharlison sudlashishi mumkin
14 SENTYABR, 2024, 14:12
"Tottenxem" hujumchisi Risharlison sudga chiqishi mumkin, deya xabar beradi The Sun.
Britaniyalik jurnalistlarning yozishicha, braziliyalik hujumchi sudga tortilishi mumkin. Uning sobiq yordamchisi futbolchini sudga bermoqchi.
Risharlison ogohlantirishsiz yordamchisini ishdan bo'shatdi, bu uning ruhiy holatiga ta'sir qildi. Hamkorlik paytida braziliyalik ko'pincha yordamchining maoshini ushlab qolgan va uni og'zaki haqoratlagan ham.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 27 yoshli hujumchi ikkita o'yin o'tkazib, birorta ham gol ura olmadi.