logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Saul Nigez faoliyatini APL grandi safida davom ettirishi mumkin

 20 AVGUST, 16:15 110

.

"Atletiko"ning ispaniyalik futbolchisi Saul Nigez faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, ispaniyalik faoliyatini
qaerda davom ettirishi aniq.

Britaniyaning Metro nashri bergan ma'lumotga ko'ra, "Atletiko" rahbariyati Londonning "Chelsi" klubiga Saulning xizmatlarini taklif qilgan. Angliya klubi bu o'ringa "Vest Xem" futbolchisi Deklan Raysni sotib olmoqchiligiga qaramay, "aristokratlar" 26 yoshli futbolchining nomzodiga qiziqish bildirishdi. Xabar qilinishicha, bosh murabbiy Tomas Tuxelga Saulning o'yin uslubi yoqadi.

Shuningdek, turli ommaviy axborot vositalari futbolchining vakillari "Manchester Yunayted" va "Liverpul" bilan muzokaralarning bir necha bosqichini o'tkazgani haqida yozishmoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "matraschilar" ustozi Diego Simeone yarim himoyachining ketishini tasdiqlagandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR