logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Liverpul" futbolchisiga APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda

 20 AVGUST, 15:40 81

.

"Liverpul" futbolchisi Divok Origi o'z kelajagi haqida oy oxirigacha qaror qilishi kerak. 26 yoshli hujumchi uchun Angliya Premer-ligasining uchta klubi kurash olib bormoqda.

Britaniyaning The Daily Telegraph nashri xabariga ko'ra, "Kristal Pelas", "Vulverxempton" va "Vest Xem" klubi belgiyalik futbolchini sotib olmoqchi. "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Origi bilan xayrlashishni istamayapti, uni jamoaga kerakli rotatsion o'yinchi deb biladi, lekin futbolchining o'zi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni niyat qilgan.

Biroq, hujumchining "Liverpul"dagi so'ngi mavsumdagi statistikasi unchalik yaxshi emas. APLning so'nggi mavsumida Origi atigi to'qqiz marta maydonga tushdi. Ma'lum bo'lishicha, belgiyalik uchun mersisaydliklar kamida 17 million evro olmoqchi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR