APL klublari frantsuz yarim himoyachisi variantidan voz kechdi
14 SENTYABR, 2024, 13:06
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Raboning Angliya premer-ligasidagi top-klubga o'tish varianti barbod bo'ldi.
Give me Sport xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" va Londonning "Arsenal" klublari frantsiyalik yarim himoyachi xizmatidan bosh tortgan.
Manbaga ko'ra, rad etishga Raboning maosh talabi sabab bo'lgan.
Yarim himoyachi haftasiga 280 ming evro maosh olmoqchi, buni "Manchester Yunayted" va "Arsenal" absurd variant deb hisoblashgan.