«Manchester Siti» futbolchisi: «Men duch kelgan eng yaxshi futbolchi bu Messi»
14 SENTYABR, 2024, 12:30
«Manchester Siti» himoyachisi Manuel Akandji maydonda duch kelgan eng yaxshi futbolchi kim ekanligini aytdi.
«Men duch kelgan eng yaxshi futbolchi bu - Lionel Messi. Krishtianu gol urishni yaxshi biladi, lekin Messidan himoyalanish qiyinroq. Uni to'xtatish qiyin. Maydon ichida u hamma narsani to'p bilan bajaradi va hamma joyda paydo bo'ladi», - dedi 29 yoshli shveytsariyalik himoyachi.