logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:34
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
"Chelsi" futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

 20 AVGUST, 12:05 60

.

Yarim himoyachi Temue Bakayoko "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.

Manbaga ko'ra, londonliklar shartnomani uzaytirish variantini ma'qul ko'rgan. Futbolchining shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. E'tiborli tomoni, futbolchi oxirgi marta "Chelsi" tarkibida 2018 yilning yozida o'ynagan.

Ma'lum bo'lishicha, yarim himoyachi "Milan"ga ijaraga o'tishi mumkin, chunki 26 yoshli frantsuz London jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning rejalariga kiritilmagan. Transfermarkt portali Bakayokoni 20 million evroga baholamoqda.

2020/21 yilgi mavsumda Bakayoko "Napoli"da ijarada o'ynagan. U 44 o'yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR