logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:05
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Messining debyuti yana kechikdi

 20 AVGUST, 11:00 116

.

Le Parisien nashrining xabar berishicha, Frantsiya Liga 1 musobaqasi 3-turidan o'rin olgan "PSJ" va "Brest" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv parijliklar hujumchisi Lionel Messisiz o'tkaziladi.

"Qizil-ko'klar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning so'zlariga ko'ra, u Leoni ushbu uchrashuvga arizaga kiritmaslikka qaror qilgan. Hujumchi o'zini juda yaxshi his qilmoqda, lekin ular uni maydonga tushirishga shoshmaydilar.

"Messining jamoada bo'lishi nimani anglatishini hamma tushunadi. U bizning
o'yinimizga tezda moslashgan. Biz yangi futbolchimizning harakatlaridan xursandmiz. Ammo, bugungi bahsda Messi maydonga tushmaydi", - dedi Pochettino.

Katta ehtimol bilan Lionel Messi 29-avgust kuni bo'lib o'tadigan "Reyms" ga qarshi o'yinda maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR