Motta Raboning qaytishiga umid qilmayapti
14 SENTYABR, 2024, 11:00
"Yuventus" bosh murabbiyi Tyago Motta Adrien Raboning qaytishi mumkinligi haqidagi savolga aniq javob bera olmadi.
Frantsiyalik yarim himoyachi o'tgan mavsum oxirida Turindagi 5 yillik faoliyatini tugatib, shartnomasini bekor qilgandi.
“Rabo kelishi borasida menga qo'ng'iroq qilmadi. Men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman va u baxtli bo'lishini istayman.
Men uni yaxshi ko'raman. Umid qilamanki, u baxtli bo'ladigan va o'z iqtidorini ko'rsata oladigan jamoa topadi", – dedi Motta.