"Devis kubogi". Bugun Estoniyaga qarshi o'yinlar bor
14 SENTYABR, 2024, 10:32
Toshkent shahrida tennis bo'yicha II Jahon guruhi doirasida O'zbekiston va Estoniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinlar o'tkazilmoqda.Kechagi kundan so'ng hisob 1:1 ko'rinishiga kelgan. Bugun mazkur qarama-qarshilikda g'olib aniqlanadi.
Avvaliga Humoyun Sultonov va Sergey Fomin juftlikda Mark Layal va Kristian Tam bilan bahs olib boradi.
Keyin esa Humoyun Sulonov Mark Layal bilan, so'ngra vaziyat taqozo etsa Sergey Fomin Kristian Tam bilan o'ynaydi.
O'yinlar soat 10:30da "Yunusobod" sport majmuasida start oladi.
Manba: olamsport.com