logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Depay: "Messi bilan uchrshishga ham ulgurmadi"

 20 AVGUST, 10:10 67

.

"Barselona" hujumchisi Memfis Depay jamoani tark etgan hujumchi Lionel Messi bilan shaxsan uchrashishga ulgurmaganini aytdi.

"U bilan tanishishga ham vaqtim yo'q edi. Leo Amerika Kubogi ta'tili tufayli mavsumga tayyorgarlik ko'rishni kech boshladi va men unga salom aytishga ham ulgurmadim. Balki, agar biz bir-birimizga qarshi o'ynasak yoki u klubga qaytsa, buni qilishimiz mumkin. Yana kim biladi deysiz", - deya Diario Sport nashri Depayning so'zlarinii keltiradi.

2021 yil 15 avgustda Depay Ispaniya chempionatida debyutini o'tkazdi va birinchi turda "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

27 yoshli gollandiyalik hujumchi shu yozda "Barselona"ga Frantsiyaning "Lion" jamoasidan ko'chib o'tgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR