Rivaldo: "Barcha muxlislar norozi"
14 SENTYABR, 2024, 09:54
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo terma jamoaning JCh-2026 saralash bosqichidagi o'yini haqida gapirdi.
"Braziliyaliklar yomon futbol o'ynashmoqda. Jamoamiz hozir eng yaxshi vaqtlarni boshdan kechirmayapti.
Barcha xafa, muxlislar norozi. Braziliya yaqinda Paragvayga yutqazdi, bu bizga nisbatan ancha past saviyadagi jamoa edi.
Endi Chili bilan uchrashuv haqida o'ylashimiz kerak. Agar yana mag'lub bo'lsak, bu vaziyatni ancha yomonlashtiradi", - dedi Rivaldo.