logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:28
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«Fiorentina» prezidenti: «Yuventus», «Barselona» va «Inter» o'z kreditlari evaziga iflos biznes bilan shug'ullanmoqdalar»

 20 AVGUST, 09:20 90

.

«Fiorentina» prezidenti Rokko Komisso hujumchi Federiko Kezaning «Yuventus»ga o'tishi haqida gapirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, «Yuventus» va boshqa grandlar ancha kuchsiz o'yin ko'rsatishmoqda. Ular futbolchilarga juda ko'p pul taklif qilmoqdalar.

«U kabi klublar Federikoni bizdan o'g'irlab, pul bilan aldashyapti. Albatta biz bilan «Yuventus» o'rtasida katta farq bor.

Qancha ko'p daromad bo'lsa, shuncha ko'p pul sarflashingiz mumkin. Ularda maosh uchun 300 million evro hech gap emas, bizda esa bu uzog'i borsa 70 million bo'lishi mumkin. Pul hamma narsani hal qiladi.

«Yuventus», «Barselona» va «Inter» o'z kreditlari evaziga iflos biznes bilan shug'ullanmoqdalar», - deya xulosa qiladi Komisso.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR