Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi faoliyatini yakunladi
14 SENTYABR, 2024, 08:54
Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Diego Perotti professional faoliyatini yakunlash haqidagi qarorini ma'lum qildi. 2022 yildan beri futbolchi jarohatlar bilan bog'liq muammolarga duch kelgani uchun klubsiz qolgandi.
Bu qaror uning o'n olti yillik faoliyati davomida "Deportivo Moron", "Sevilya", "Boka Xuniors", "Jenoa", "Roma", "Fenerbaxche" va "Salernitana" klublarida o'ynaganidan so'ng qabul qilindi.