"Bavariya"ning asosiy yulduzlaridan biri "Barselona"ga o'tishni juda xohlamoqda
14 SENTYABR, 2024, 08:42
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix "Barselona"ga o'tishni juda xohlaydi, deb xabar beradi Cadena Ser.
29 yoshli Kimmixning shartnomasi 2025 yilda tugaydi va u erkin agent sifatida Kataloniya klubiga o'tishni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, Joshua Xavi davrida ham "Barselona" loyihasiga qiziqqan va Xansi Flikning kelishi futbolchining Kataloniya klubiga o'tish istagini kuchaytirgan.
Kimmix joriy mavsumda barcha musobaqalarda beshta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.