Devis kubogi. O'zbekiston Estoniya bilan hozircha 1:1 o'ynamoqda
14 SENTYABR, 2024, 08:42
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Estoniyaga qarshi Devis kubogining World Group II bosqichidagi ishtirokini boshladi. Dastlab ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin Mark Layalga qarshi bahs olib bordi.
Sal kam 3 soat davom etgan o'yinda hamyurtimiz 4:6, 6:4 va 6:7 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Shundan so'ng ayni paytda birinchi raqamli raketkamiz bo'lib turgan Humoyun Sultonov Kristyan Tam bilan hisob-kitob qildi. Mazkur qarama qarshilikda yurtdoshimiz 7:6, 6:4 hisoblarida zafar quchib, umumiy hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirdi. Ertaga o'tkaziladigan yana 3 o'yindan so'ng keyingi bosqichga yo'l oladigan jamoa nomi aniq bo'ladi.