logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Srechko Katanets "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvini stadiondan turib kuzatdi

 20 AVGUST, 01:10 66

.

Xabar berganimizdek, sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets bugun kunning ikkinchi yarmida "Bunyodkor" va "Jar" sport majmualariga tashrif buyurib, maydon chimi va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so'ng, Srechko Katanets O'zbekiston kubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Turon"
uchrashuvini stadiondan turib tomosha qildi va MTJga nomzod futbolchilarni o'yinini kuzatdi.

Sloveniyalik mutaxassis "Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan yurtimiz futboli
hamda o'zbekistonlik futbolchilarning potentsiali xususida suhbatlashdi va kelajakda o'zaro
hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Shuningdek, Srechko Katanetsning yordamchilari Olmaliq shahrida bo'lib, AGMK va "Neftchi"
jamoalari o'rtasidagi bahsni kuzatib bordi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR