logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Zabittser "Leyptsig"ni tark etishga qaror qildi

 19 AVGUST, 22:40 61

.

"Leyptsig" yarim himoyachisi Marsel Zabittser yaqin ikki hafta ichida klubini tark etadi.

Bild nashri xabariga ko'ra, 27 yoshli avstriyalik pleymeyker klubini o'zgartirmoqchi va bu yozda Yulian Nagelsmann boshchiligidagi "Bavariya"da futbolchi bo'lishga qarshi emas.

Zabittserning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi va "Leyptsig" xo'jayinlari yarim himoyachisini ketishiga qarshilik qilmaydi.

Shu bilan birga, manba "Bavariya" Zabittser transferi uchun kerakli summani to'lashga rozi bo'lishiga shubha qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Marselga Londonning "Tottenxem", "Chelsi" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirgandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR