Sven-Goran Eriksson Shvetsiyada dafn etildi
14 SENTYABR, 2024, 07:12
Angliya, “Manchester Siti”, “Latsio” va “Roma” klublarining sobiq murabbiyi 26 avgust kuni 76 yoshida vafot etdi. Yanvar oyida Erickkonga terminal saraton kasalligi tashxisi qo'yilgani ma'lum bo'ldi.
Dafn marosimi Shvetsiyaning Torsbi shahrida bo'lib o'tdi va unda 600 ga yaqin odam qatnashdi. Xotira marosimi shved va ingliz tillarida o'tkazildi.
Dafn marosimida Eriksson qo'l ostida Angliya terma jamoasi sardori bo'lgan Devid Bekxem, sobiq ingliz murabbiyi Roy Xojson va Shvetsiya qirollik oilasi a'zolari ishtirok etishdi.