Deku: "Fati avvalgi darajasiga qaytishi mumkin"
14 SENTYABR, 2024, 07:00
"Barselona" sport direktori Dekuning fikricha, hujumchi Ansu Fati hali ham ko'p narsaga erisha oladi.
Fati hozir 21 yoshda, u o'tgan mavsumni Angliyaning "Brayton" klubida o'tkazdi va u erda o'zini ko'rsata olmadi. Futbolchi joriy mavsum boshlanishidan oldin yana jarohat oldi, ammo endi maydonga qaytishga yaqin turibdi.
"Ansu bizning futbolchilarimizdan biri. Biz uning qaytib kelganidan xursandmiz. U jarohatlar tufayli juda ko'p azob chekdi, lekin u endigina 21 yoshda va uni butun faoliyati oldinda. U biz bilgan, "Barsa"da porlagan Ansu Fati bo'lish uchun hali ham yaxshi imkoniyatga ega. Shuning uchun biz uning bu erda ekanligidan xursandmiz", dedi Deku.