Jekson: "O'tgan mavsumda urgan 17 ta golimdan unchalik mamnun emasman"
14 SENTYABR, 2024, 06:36
"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson Angliyadagi debyut mavsumi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ko'klar” senegallik futbolchini o'tgan yozda Ispaniyaning “Vilyarreal” klubidan sotib olgandi. London klubidagi ilk mavsumida forvard barcha musobaqalarda 44 uchrashuvda 17 ta gol urdi.
"Chelsi"dagi birinchi mavsum har qanday hujumchi uchun oson emas. Men urgan 17 ta goldan unchalik mamnun emasman, chunki menda hech qanday jarohat yo'q edi. Ammo bu normal holat, hammasi yaxshi ketmoqda, endi men davom etmoqchiman va ajoyib natijalarga erishmoqchiman”, - dedi 23 yoshli futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirganidan keyin “Chelsi” rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Nikolas Jeksonning yangi shartnomasi 2033 yilgacha mo'ljallangan.