Mourino: "VAR va hakamlar 2023 yilda Evropa Ligasida g'olib chiqmasligimga qaror qilishdi"
14 SENTYABR, 2024, 06:30
“Fenerbaxche” bosh murabbiyi Joze Mourinoning fikricha, hakamlik sifati 2023 yilgi Evropa ligasi finalida g'alaba qozonishga to'sqinlik qilgan, o'shanda portugaliyalik mutaxassis boshqargan “Roma” “Sevilya”ga yutqazgan (1:1, 4:1 penalti).
“VAR va hakamlar 2023 yilda Evropa Ligasida g'olib chiqmasligimga qaror qilishdi. O'shanda bizning foydamizga yaqqol penalti berilmaganini millionlab odamlar aytdi. Men o'laman, lekin bu yakunni hech qachon unutmayman. Bu yil “Lill” bilan o'yinning so'nggi daqiqasida juda g'alati penalti belgilandi, bu ikki soat davom etgan keskin kurashlardan so'ng sodir bo'ldi", - deb Mourino so'zlarini keltiradi HT Spor.