Boshkovich: "Yuzaga kelgan tanaffus zararimizga ishladi"
14 SENTYABR, 2024, 06:12
Superligada 18-tur o'yinlari start oldi. "So'g'diyona" jamoasi bu tur safarda "Qizilqum" bilan bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Bellashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydigan jamoa bilan kuch sinashdik. Bugun yakkakurashlarda engildik. Bu eng katta xatomimiz bo'ldi. Raqib o'yinimizni ko'rsatishga imkon bermadi. Yuzaga kelgan pauza biroz zararimizga ishladi. Ba'zan mana shunday o'yin bilan ham ochko olishimiz kerak. Endi keyingi uchrashuvga e'tibor qaratamiz. Yuqori o'rin uchun harakat qilishda davom etamiz. Avval aytganimdek, hammasi mavsum oxiridagi natija bilan o'lchanadi. Jamoamiz biz kutgan darajada o'ynamadi. Bir ochko ishladik.
Bugungi durangdan keyin chempionlik imkoniyatini qanday baholaysiz?
Murabbiylar bu qadar oldinga o'tib fikrlay olmaydi. Albatta, doim g'alaba uchun o'ynash kerak. Hozir klubimiz ko'tarilish jarayonida. Bunday uzoq yillik mehnatdan keyin natija keladi.
Muhammadyusuf Sobirov nega qaydnomada yo'q edi?
U hozir Xitoyda. U-20 terma jamoamizda 3 ta o'yinda harakat qildi. Mitrovich tonusda bo'lmagani sezildi. U biz bilanmas. Yana 20 kun biz bilan bo'lmaydi. Bu achinarli.
Xondamir va Yovovichni yo'qligini nima bilan to'ldirmoqchi edingiz?
Yovovich o'z assistlari bilan hal qilayotgan edi. Gollar kiritayotgan edi. Ular formada edi. Hozir o'zimni oqlagandek bo'lib qolaman. Ularning o'rniga tushganlar bilan ham mag'lubiyatga uchramadik.