logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Vitaliy Levchenko: "To'pni nazorat qilish o'yinni yutish degani emas"

 14 SENTYABR, 2024, 06:06

Superligada 18-tur bahslari start oldi. "Neftchi" klubi bu tur safarda "Paxtakor"ga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bellashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Biz nimaning evaziga "Paxtakor" hujum qilishini bilar edik. Ularga zonalar qoldirmadik. Birinchi o'yindagi mag'lubiyatimizni tahlil qilgan holda bugun xatolarni to'g'rilashni uddaladik. Ular o'rgangan tezlikda harakat qilishga yo'l qo'ymadik.

Jasur Jaloliddinovning transferi nima bo'ldi?

Men Jasur qaerda ekanligini bilmayman. U aloqaga chiqmayapti. Bu savolga javob bera olmayman.

Birinchi bo'limda hujumkor "Neftchi"ni ko'rdik, ammo ikkinchi taymda asosan himoyaga e'tibor qildingiz?

Aslida unday emas. Biz ikkinchi bo'lim boshida Azizni o'yinga tushirdik, ammo u qo'shilib keta olmadi. Biz himoyadan hujumga chiqishda muammolarga uchraganimiz sababli tashqaridan durangga o'ynagandek ko'ringan bo'lishimiz mumkin. Qarshi hujumga o'tish imkoniyatidan foydalana olmadik.

O'yin sifati borasida fikringiz qanday?

Takrorlayman, biz birinchi o'yindagi xatolardan foydalandik. Raqibga harakat qilish uchun bo'sh zona qoldirmadik. To'p nazorati ham 70-30 foiz bo'lgan bo'lsa kerak. To'pni nazorat qilish o'yinni yutish degani emas.

"Neftchi"ning sovrinli o'rinlar uchun imkoniyati qanday?

Agar razm solib qarasangiz, turnir jadvalida ishga jiddiy kirishgan jamoalarni ko'rasiz. Biz ham qo'lni tushirib yubormadik. Imkon qadar teparoqqa chiqishga harakat qilamiz. Bugun ikki jamoa ham 3 ochko uchun o'ynadi. Bugun "So'g'diyona" ham durang qayd etdi. Hozir hech kimga oson emas. Hamma bahsda jang bo'lmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ