Maksim Shatskix: Ba'zan shunday, gol kirmaydigan o'yinlar bo'ladi
14 SENTYABR, 2024, 06:06
Superligada 18-tur bahslari start oldi. "Paxtakor" bu tur o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bellashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Deyarli 80 daqiqa raqib yarim maydonida o'ynadik, ammo hujumlarni yakunlashni uddalay olmayapmiz. Raqib jarima maydonchasi ichida agressiv harakat qila olmayapmiz. Hozircha shunday. Ba'zan shunday, gol kirmaydigan o'yinlar bo'ladi.
Raqibning o'yini haqida fikringiz?
Bizni o'rganishgani sezildi. Ayniqsa, birinchi bo'limda. Biz ham ularni o'rgangan edik. Asosan qanotlarga urg'u berildi. Ularning darvozasi oldida vaziyat bo'lishi bilan orqaga chekinishdi va chuqur himoyalanishdi. Vazifamiz tezkorlik bilan to'pni qanotlar orqali etkazish edi, ammo raqib o'z darvozaboniga juda yaqin mudofaa chizig'iga qaytib o'ynadi. Bunday chuqur himoyaga qarshi qanotdan yorib kirishdan boshqa narsani hali hech kim o'ylab topgani yo'q. Uzoq masofadan zarbalar bilan birgalikda. Ular birinchi navbatda himoyada yaxshi o'ynashni vazifa qilib qo'yishdi.
Asosiy futbolchilarning ayrimlari maydonda ko'rinmadi?!
Cheranga dam berdik. U yosh emas. Sardor ham o'zini biroz noxush sezgan edi. Azmiddinovda ham kichik jarohat bor. Uni ham maydonga tushirib tavakkal qilmadik.
Nega Doston Hamdamovni zaxiradan tushirib, yana zaxiraga oldingiz?
Biz uni yomon o'ynagani uchun zaxiraga olmadik. Agar nimadir o'xshamayotganini ko'rsak, nimadir o'zgartirish kerak bo'ladi. Bu amalga oshish yoki oshmasligini oldindan aytib bo'lmaydi. U juda ham yaxshi o'ynadi. Hech qanday e'tiroz yo'q. Biz gol urishimiz kerak edi. Oldinda OChL o'yini kutib turibdi.
"Paxtakor" "Al Vasl" bilan bahsga qay darajada tayyor?
Bu 17 sentyabrda ma'lum bo'ladi. Bu futbol. Raqib jiddiy. BAA chempioni bilan o'ynaymiz. Klub tarkibida atigi 2 ta mahalliy futbolchi bor xolos. Qolgani legionerlar. Juda yaxshi jamoa. Bizga oson bo'lmasligini bilib turibmiz. Ular bugun "Al Ayn" bilan o'ynashi kerak edi, biroq uchrashuvni boshqa kunga ko'chirishdi. Bu bahs bo'lganida yaxshi bo'lar edi.