Jamshid Saidov: "Bahs so'ngida e'tiborni yo'qotdik"
14 SENTYABR, 2024, 06:00
Superligada 18-tur bahslari start oldi. "Qizilqum" jamoasi bu tur o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Bellashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ko'p gapirishga xojat yo'q. Yakunda e'tiborsizlik qilganimiz uchun gol o'tkazib yubordik. Raqibni qanday o'ynashini bilar edik. Qarshi hujumlarda imkoniyat bo'ldi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik.
"Qizilqum" kuchli jamoalarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatayotganini sababi nimada?
Bu futbolchilarning psixologiyasi bilan bog'liq. Ular kuchli jamoaga qarshi ruhan tayyorgarlik ko'rib maydonga chiqadi, kuchsiz jamoa bilan esa yo'q. Bizni o'z fishkamiz bor. Ba'zan omad kelmay qolmoqda. Hammasi futbolchilarga bog'liq.
Akaki Shulaya bilan kichik janjal kuzatildi?!
Bu emotsiya. Uni ichki muhitga hech qanday ta'siri yo'q.
Fayzulla Qambarovning zaxiraga olinishi sababi nima?
Birinchi navbatda u buni o'zi so'radi. Oyog'ida og'riq his qilgani uchun. O'zi murabbiylar juda kamdan-kam hollarda markaziy himoyachini almashtiradi.
Uy stadionida emasligingiz mashg'ulot o'tkazishda muammolar keltirib chiqarmayaptimi?
Biz barcha o'yinlarimizni mehmonda o'tkazyapmiz. O'yin va mashg'ulot arenasi boshqa-boshqa. Bizni qo'llab turgan ishqibozlar ham yo'q. Uyda devorlar ham yordam beradi deb bekorga aytmaydi. Rahbariyat ko'z oldida to'p surish baribir boshqacha. Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. Barchasi muammo tug'diradi.