Flik Erik Garsiya borasida qaror qabul qildi
14 SENTYABR, 2024, 05:36
"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya Xans-Diter Flik qo'l ostida o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
23 yoshli futbolchi mavsumni zaxirada boshlagandi, ammo "Jirona"ga qarshi keyingi o'yinda u birinchi daqiqalardanoq maydonga tushishi mumkin. Diario Sport xabariga ko'ra, Flik Garsiyani jamoa uchun muhim shaxs deb hisoblaydi. Murabbiy ispaniyalikning himoya markazida ham, yarim himoyachi sifatida ham o'ynashga qodir ekanligiga ishonch bildirmoqda.
O'tgan mavsumda Erik Garsiya xuddi shu "Jirona"da ijara asosida o'ynadi.