logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:52
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Gazizov: «O'runovning ijarasi barcha uchun foydali»

 19 AVGUST, 15:20 27

.

«Ufa» bosh direktori Shamil Gazizov yarim himoyachi Oston O'runovning «Spartak»dan boshqirdistonliklar safiga o'tishi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

«O'runovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldik. Birinchi marta biz kelisha olmagandik. Hozirgi kelishuv esa hammani qanoatlantirdi.

Biz uni bir yilga ijaraga oldik. Uning transfer huquqini ertaroq ham sotib olishimiz mumkin. Bizda shunday imkoniyat mavjud. Bu barcha uchun manfaatli: «Spartak», «Ufa» va o'yinchining o'zi uchun ham.

Tabiiyki, O'runovning shartnomasi «Spartak»dagiga nisbatan boshqacha bo'ladi. Oston bahorda shunday shart asosida safimizga qo'shilgandi. O'runov nimalarga qodirligini ko'rsatish uchun «Ufa»ga o'tdi.

«Ufa» 700 ming evro to'laydimi? Bu erda boshqa gap bor. Futbolchi boshqa jamoada boshqa miqdordagi maoshga rozi. Men O'runovning «Spartak»dagi maoshi miqdorini oshkor qilmayman. Bu mening ishim emas.

O'runov «Zenit»ga qarshi o'yinda maydonga tushadimi? Bu savol menga emas, murabbiylar shtabiga berilishi kerak. Uning jismoniy holatiga qaraymiz. Uning sog'lig'i joyida, funktsional holati esa boshqa masala. Har qanday holatda ham u jamoa o'yiniga moslashib ketishi kerak. Ko'ramiz», – dedi Gazizov.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR